EKOLOGIYANI TOZA SAQLAYLIK!

Tuman Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan hududlarda muntazam ravishda kuzatuv reyd tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Tadbirlar davomida, Muqimiy, Yangiobod hamda Narpay mahallalari hududidagi yo‘l yoqasida shu atrofda istiqomat qiluvchi mahalliy aholi tomonidan kundalik turmushda hosil bo‘lgan maishiy va qattiq chiqindilarini tashlab ketishi oqibatida noqonuniy chiqindixona paydo bo‘lib, atrof ifloslanishiga sabab bo‘layotganligi aniqlandi.

Ushbu holat tezkor tartibda bartaraf qilinib, mazkur mahallalar aholisi o‘rtasida "Qattiq va maishiy chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslik borasida tushuntirishlar olib borildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM