ASFALTLASH ISHLARI AVJ PALLADA

Tumanimiz ichki yo‘llarini taʼmirlash ishlari jadal surʼatda davom etmoqda.

Turli loyiha va dasturlar orqali bir qator mahallalarning ichki yo‘llari birma-bir asfaltlanib borilyapti.

Yangi yil boshlanganiga ko‘p bo‘lmagan bo‘lsada, tumanimiz ichki yo‘llarining qariyb 2 kilometr qismi to‘liq asfaltlandi.

Shu kunlarda, "Jasur GOLD servis" masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan Amir Temur nomli mahallaning 300 metrdan ortiq qismiga asfalt qoplamasi yotqizildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM