MEHNAT - TAGI ROHAT

Tumanimizda dehqon xo‘jaliklari tashkil etish maqsadida 1400 gektardan ortiq yer maydoni aholi foydalanishi uchun ajratilgan.

Bu bilan esa, 5500 nafar fuqarolarning bandligi taʼminlangan bo‘lib, ko‘pgina tumandoshlarimiz bu imkoniyatlardan unumli foydalanib kelmoqda.

Jumladan, Do‘stlik mahallasida istiqomat qiluvchi Asliddin Hamidov, dehqon xo‘jaliklari tashkil etish maqsadida ajratilgan 20 sotix yer maydonida issiqxona tashkil etib, to‘qsonbosti usulida sabzi ekinini parvarish qilyapti.

Dehqon, o‘zi yetishtirayotgan mahsulotini sotib, yuqori daromad olishni maqsad qilgan.

Shu kabi, Iymon mahallasi fuqarosi Azamat Qurbonov hamda Bo‘ron Umirovlar ham o‘z xonadonida tashkil etilgan issiqxonadan samarali foydalanib yuqori daromad olmoqdalar.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM