TUMANIMIZNING OLIS HUDUDLARIDA SHAG‘ALLASHTIRISH ISHLARI

Tumanimizda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirish borasida bir qator ishlar olib borilyapti.

Jumaladan, ichki yo‘llar birma-bir taʼmirlanib, ravon holga keltirilmoqda. Bu kabi ezgu ishlar turli loyiha va tashabbuslar asosida qilinayotgan bo‘lsada, bunda ko‘pgina mahallalarning faol fuqarolari ham o‘z hissalarini qo‘shib borayotir.

Masalan, so‘ngi o‘n kun ichida Yangiariq va Sohibkor mahallalarining qariyb 3 kilometr qismi hashar yo‘li orqali shag‘allashtirildi.

Shuningdek, ushbu shag‘allashtirish ishlarida mahalla ahli bilan birgalikda, tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga tegishli transport vositalari xizmat qilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM