YUQUMLI KASALLIKLARNI OLDINI OLISH BO‘YICHA O‘QUV MASHG‘ULOTI

Tuman tibbiyot birlashmasi xodimlari o‘rtasida O‘ta xavfli yuqumli kasalliklarni oldini olish va kasalliklarning inson organizmiga qanday taʼsir ko‘rsatishi bo‘yicha o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

Har bir bo‘limda alohida tashkil qilingan o‘quv mashg‘ulotlari chog‘ida yuqumli kasalliklarning yuqish omillari va sabablari hamda ularni davolashning samarali usullari xususida tushunchalar berildi.

Shuningdek, ularni aholi o‘rtasida keng tarqalishini oldini olish bo‘yicha tushuntirish va targ‘ibot olib borish lozimligi taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM