VILOYAT HOKIMI O‘RINBOSARLARI NARPAYDA

Samarqand viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i Oybek Hamrayev tumanimizga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida tumanimizda ishga tushgan hamda qurilish ishlari ketayotgan yirik tadbirkorlik obyektlari bilan tanishdi.

Xususan avvalroq O.Hamrayev, tuman hokimi va tegishli masʼullar hamrohligida tumanimizdagi fanera mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “ZHONGGUO HUAXU VOOD INDUSTRY” korxonasi, "Osiyo Oqtosh don" MCHJ, “NBA Allians" masʼuliyati cheklangan jamiyati gipsokarton listlari ishlab chiqarish korxonasi, "Maroqand sifat" masʼuliyati cheklangan jamiyat negizidagi ip-kalava ishlab chiqaruvchi korxona hamda “Narpay invest” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli issiqxonada bo‘lib, mazkur yirik korxonalar faoliyatiga nazar soldi.

Shu kabi, kuni kecha viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Shunqor Xudayberdiyev tuman hokimi hamrohligida Oqtosh shahri markazi hududidan kesib o‘tgan Narpay kanalining ichki qismida boshlanayotgan betonlashtirish ishlarini ko‘zdan kechirdi.

Tashrif so‘ngida viloyat masʼullari tomonidan tumanimizda olib borilayotgan o‘zgarishlar, aholi bandligini taʼminlash va ular uchun yaratilayotgan qulayliklarni oshirish borasida fikr yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM