EʼLON

PAXTA YETISHTIRUVCHI XO‘JALIKLAR DIQQATIGA !

Tumanda 2024 yilda urug‘lik paxta yetishtirish huquqiga ega bo‘lish uchun hududlarda qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasida tanlov o‘tkaziladi

Tanlov komissiyasiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

1. Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan ariza,

2. Fermer xo‘jaligi rahbari nomidan tilxat,

3. Tuman Qishloq xo‘jaligi Yer resurslari bo‘limi maʼlumotnomasi,

4. Fermer xo‘jaligi, uning rahbari va ishchi xodimlari to‘g‘risida maʼlumotnoma,

5. Irrigatsiya tizimi boshqarmasi maʼlumotnomasi,

6. Viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasining tuman bo‘limlari tomonidan berilgan maʼlumotnoma,

7. Fermer xo‘jaligi rahbarining mutaxassisligi va maʼlumoti to‘g‘risida hujjat (diplom nusxasi),

8. Fermer xo‘jaligi rahbarining qishloq xo‘jaligi sohasidagi ish stajini tasdiqlovchi hujjatlar (mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlar),

9. Fermer xo‘jaligida ishlayotgan urug‘chi hosilotning maʼlumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom nusxasi va mehnat daftarchasi),

10. Majburiyatdan ozod pul mablag‘i to‘g‘risida tegishli bank tomonidan berilgan maʼlumotnoma,

11. Agrosanoat majmua ustidan nazorat qilish inspeksiyaning tuman bo‘limi boshlig‘i tomonidan berilgan maʼlumotnoma hamda texpasport nusxasi,

12. Kontraktatsiya shartnomasining bajarilishi bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan berilgan maʼlumotnoma,

13. So‘ngi 3 yil ichidagi paxta hosildorligi bo‘yicha paxta-to‘qimachilik klasteri tomonidan berilgan maʼlumotnoma.

Tumanda qishloq xo‘jaligi subyektlari o‘rtasida tanlov asosida tanlanishini, Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 641-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga asosan 2024 yilning 15 yanvardan 5 fevralgacha tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limiga 2 (ikki) nusxada taqdim etishlari lozim.

Hujjatlarni qabul qilish 2024 yilning 5 fevral kuni 18:00 da to‘xtatiladi. Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun: +99897/921-24-90 telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM