YANA BIR YIRIK XITOYLIK INVESTOR BILAN UCHRASHUV

Tumanimiz iqtisodiy va logistika sohalari jihatidan qulay hududda joylashganligi sababli, nafaqat qo‘shni viloyatlarning balki chet el davlatlarining ishbilarmonlari ham bizning hududda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirmoqda.

Xususan, Samarqand delegatsiyasining Xitoy davlatiga bo‘lgan tashrifi chog‘idagi kelishuv asosida Cixi Zujianle Shoes Co., Ltd direktori janob Yang bi Ching tumanimizga tashrif buyurdi.

Tashrif chog‘ida tuman hokimi chet ellik investorlarni qabul qilib ularning taklif va biznes rejalari xususida suhbatlashdi.

Unga ko‘ra, janob Yang bi Ching tumanimizdagi mebel, trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi va elektronika savdosi bilan shug‘ullanuvchi "Ideal texnomir invest" masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda poyabzal ishlab chiqaruvchi korxona ochish niyatida ekanligini bildirdi.

Tuman hokimi, chet ellik tadbirkorga ushbu loyihani qo‘llab-quvvatlash hamda qonun doirasidagi har qanday yordamlarni ko‘rsatishini taʼkidladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM