#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda - “Uylarimiz o‘zboshimchalik bilan buzilyapti. Kompensatsiya ham to‘langani yo‘q” sarlavhasi ostidagi xabar tarqaldi.

Unda, “ Narpay tumani Islom shoir nomli mahallada istiqomat qiluvchi fuqaro tuman markazi, Narpay kanali bo‘yida joylashgan xonadonini o‘zboshimchalik bilan buzilayotgani, hech kimga kompensatsiya to‘lanmayotgani hamda kanal va xonadonning orasidagi masofa 10 metrdan ortiq ekanligi bayon etilgan.

Holatga aniqlik kiritish maqsadida, tuman irrigatsiya bo‘limi va kadastrlar palatasi Narpay tuman bo‘limidan maʼlumot oldik.

Maʼlumotda keltirilishicha, mazkur xabarda nazarda tutilayotgan xonadonning qonuniy hujjatlari mavjud ammo, Narpay kanalidan 9,5 metr uzoqlikda joylashgan.

Ushbu hududda "Sohil bo‘yi" xiyoboni barpo etilmoqda. Mazkur xonadon xiyobon qurilish ishlariga to‘sqinlik qilgan taqdirda, tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi mumkin.

Ayni paytda esa, bu bo‘yicha hechqanday harakatlar amalga oshirilmagan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM