YANGIARIQLIK YOSHLAR BILAN UCHRASHUV

Tumanimizda muntazam ravishda yosh avlodni qo‘llab-quvvatlash, ular qiynayotgan masalalarga yechim topish va hayotda o‘z yo‘lini topishga ko‘maklashish maqsadida, turli hududlar bo‘ylab, "Rahbar va yoshlar uchrashuvlari" tashkil qilinib keladi.

Tuman hokimining bu galgi qabuli esa, tumanimizning eng olis hududlaridan sanalgan Yangiariq mahallasida istiqomat qiluvchi yosh avlod vakillari uchun o‘tkazildi.

Qabul davomida, kasb-hunarga o‘qitish, mahallada sport maydonchasi barpo qilish hamda ishga joylashish singari bir qator murojaatlar kelib tushdi.

Qilingan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ijrosini taʼminlash maqsadida, masʼullarga yo‘naltirildi.

Shuningdek, uchrashuvda yoshlarga namuna sifatida keksa avlod vakillari ham taklif etildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM