MOHIR HAYKALTAROSH FAOLIYATIGA NAZAR

Narpay farzandi iqtidorli haykaltarosh Umrzoq Sharipov tumanimizning Haqiqat mahallasida istiqomat qiladi.

Qariyb 70 yoshni qarshilagan Umrzoq bobo 50 yildan buyon shu hunari bo‘yicha mehnat qilib keladi. 5 nafar farzandlardan faqat bittasi hunarmand otaning kasbini tanlagan.

U o‘z faoliyati davomida ko‘plab ulamolar, olimu shoirlarning haykallari va byustlarini yasagan. Uning ijod namunalarini mamlakatimizning turli viloyatlarida uchratish mumkin.

Xususan, o‘z farzandi bo‘lgan shogirdi bilan hamkorlikda yaratilgan tuyalar karvoni asari Samarqand shahriga kiraverishda o‘rnatilgan.

Shuningdek, u yasagan buyuk bobokolonimiz Mirzo Ulug‘bekning haykali hozirda, Fransiyaning Tuluza shahrida joylashgan fuqarolik aviatsiyasi milliy maktabi hududida ko‘rk ochib turibdi.

Tuman hokimi tuman prokurori hamrohligida usta hunarmand faoliyati bilan tanishdi.

Shu bilan birga, mohir haykaltarosh bilan kelgusida tumanimiz yana-da ko‘rk ochishi uchun xizmat qiladigan sanʼat asarlarini yasash reja qilinayotganligi xususida fikr bildirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM