SEKTOR SHTABLARI MAHALLALARDA YIRIK HAJMDA ISH BOSHLADI

Tumanimizda mahallalarda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha sektorlar kesimida tashkil qilingan jadval asosida sektor rahbarlari va tegishli tashkilot masʼullar hamrohligida o‘rganishlar olib borilmoqda.

Mazkur jadvalga asosan, bugun tuman hokimi, Sarbozor, tuman prokurori, Birlik, tuman IIB boshlig‘i Ko'k ota hamda Tuman DSI rahbari Chaykal mahallalarida bo‘lib, mahalla beshligi, faol fuqarolar va ko‘cha boshlari va tegishli masʼullar bilan uchrashish barobarida bir qator masalalar bo‘yicha suhbat o‘tkazyapti.

O‘rganishlar davomida, hududlarni obodonlashtirish, ariqlarni qazish va betonlashtirish, aholini soliq, ichimlik suvi hamda maishiy chiqindi to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashga targ‘ib qilish masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar natijalari tahlil qilinmoqda.

Shuningdek, mahallallardagi yoshlar va ayollar daftalariga kiritishdagi xatlov jarayonlari va tartiblari xususida so‘z yuritilib, bu borada yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.

Sektor shtablari ushbu grafikga muvofiq yaqin bir oyda tumandagi barcha mahallalarda bo‘lib, to‘liq o‘rganish ishlarini olib boradi.

O‘rganish jarayonida fuqarolar muammolarini aniqlaydi, mahallada obodonlashtirish va hashar ishlarinini tashkillashtiradi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM