NARPAYLIK O‘QITUVCHI TURKIYA KONFERENSIYASIGA YO‘L OLDI

Joriy yilning 22-24 yanvar kunlari Turkiyaning Istambul shahrida “11th International conferense on edusation&sosial ssiyenses (INTSESS 2024)” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ushbu konferensiyada yurtimizdagi 8 ta viloyatdan 1 nafardan “Ustoz-2021” milliy mukofoti g‘oliblari ishtirok etish uchun otlanishmoqda.

Ular orasida tumanimizdagi 47-sonli umumtaʼlim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi Mehriniso Norova Samarqand viloyati vakili sifatida konferensiyada ishtirok etish uchun yo‘l olgan.

Yurtdoshlarimizga omad tilab qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM