BIRLAMCHI TIBBIY XIZMAT SIFATINI YANADA YAXSHILASH BO‘YICHA SEMINAR

Sog‘liqni saqlash vazirining 2024 yil 12 yanvardagi 3 XS-sonli buyrug‘iga asosan tumanimizda "Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etishdagi ustuvor vazifalar" belgilab olingan.

Bunda har bir sektordan bitta mahalla va bitta tibbiyot muassasasi namuna qilinishi hamda bu seminar va o‘quv soati tarzida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bu galgi seminar tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli 13-oilaviy poliklinikasi hamda Chorbog‘ mahallasi misolida bo‘lib o‘tdi.

Seminar treningda tegishli masʼullar tomonidan tibbiy brigadalar faoliyati hamda unga biriktirilgan mahalla misolida taftish va vazifalar ijrosi ko‘rsatib berildi.

Bunda, aholi uchun yillik, oylik, haftalik va kunlik rejani shakllantirish, aniq muddatlarni belgilash, tibbiy anjomlarni qo‘llashga oid tavsiyalar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM