MAHALLA MAMLAKATIMIZNING ASOSIY TAYANCHIDIR

Tumanimizda mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini taʼminlash, oilalarni mustahkamlash, maʼnaviy va maʼrifiy, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini muvofiqlashtirish bo‘yicha, shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Saidfarrux Islomov ushbu shtab faoliyati bilan tanishish hamda aholini qiynayotgan masalalarni o'rganish maqsadida tumanimizga tashrif buyurib, tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli masʼullar hamrohligida shtab tomonidan qilinishi zarur bo‘lgan ishlar yuzasidan muhokama o‘tkazdi.

Shuningdek, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining yoshlar masalasi bo‘yicha maslahatchisi Qudratilla Odinayev boshchiligidagi ishchi guruh tegishli tashkilot masʼullari hamrohligida tumanimizdagi mahallalarda mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan tanishildi.

Shuningdek, fuqarolar masalalariga yechim topish, bandligini taʼminlash, mahalla xodimlari hamda jamoatchilik ko‘magida olib borilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM