BARCHASI FUQAROLAR XAVFSIZLIGI UCHUN

Maʼlumki, tumanimiz hududidan M 37 xalqaro avtomagistral yo‘li kesib o‘tgan.

Mazkur yo‘lning aksariyat mahallalardan kesib o‘tgan qismida aholi zich joylashgan. Shu sababli, turli yo‘l transport hodisalarini oldini olish maqsadida yo‘l chetiga tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan.

Ammo ushbu belgilar o‘rnatilganiga qaramasdan, baʼzi hududlarda avtotransportlar harakatida tezlikni oshirish holatlari kuzatilmoqda.

Shu boisdan, M 37 yo‘lining Ipak yo‘li mahallasi hududidan kesib o‘tgan qismiga tezlikni qayd etuvchi fotoradarlar o‘rnatildi.

Hurmatli fuqarolar! Bu kabi ishlarning barchasi haydovchilar va piyodalar xavfsizligini taʼminlash hamda turli ko‘ngilsizliklar, yo‘l transport hodisalarini oldini olish uchundir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM