MUROJAATLAR TINGLANDI, MUAMMOLAR HAL ETILDI

Xalq qabulxonasida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Rahmat Mamatov, tuman hokimi, sektor rahbarlari hamda tegishli masʼullar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolarning sog‘liqni saqlash, elektr energiyasi, gaz, bandlik, ijtimoiy muammolar, aliment undirish, moddiy yordam hamda boshqa masalalarga oid murojaatlari eshitildi.

Qabul doirasida 10 nafar yoshlarga ID kartalari tantanali ravishda topshirildi.

Yuzma-yuz sayyor qabulda 30 nafarga yaqin fuqaroning murojaati tinglandi. Aksariyat masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, yechimi muddat talab qiladigan muammolarga aniq va tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli idora rahbarlariga topshiriqlar berildi.

Sayyor qabuldan so‘ng, rahbarlar va yoshlar uchrashuvi tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida, 30 dan ortiq yosh avlod vakillari ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollar hamda qiynayotgan masalalar bo‘yicha murojaat etishdi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM