IKKI MAHALLADA JINOYAT MUHOKAMASI VA YOSHLAR UCHUN QABUL

Navoiy viloyati Xatirchi tumani Madaniyat mahallasida yashovchi E,O va I.S lar tumanimizdagi Turon mahallasida istiqomat qiluvchi S.O ning yashash xonadoniga kirib, 1 bosh bahosi taxminan 7.000.000 so‘mlik qoramolni yashirin ravishda o‘g‘irlab ketgan.

Turon mahallasi fuqarolari bilan o‘tkazilgan suhbatda xuddi shu masala muhokama etildi.

Profilaktik suhbatdan so‘ng tuman hokimi va mazkur mahallada istiqomat qiluvchi yosh avlod vakillari ishtirokida sayyor qabul ham o‘tkazildi.

Mahalla yoshlari o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qilishdi.

Barcha qilingan murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, masʼullarga yo‘naltirildi.

Yana bir holatda esa, joriy yilning yanvar kuni soat 02:30 larda Tortuvli mahallasi hududida shu mahallada yashovchi O.Quvonov va Navro‘z mahallasida istiqomat qiluvchi D.A o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal yuzaga keladi. Natijada, fuqaro O.Q, D.Ani urib tan jarohati yetkazgan.

Turon va Tortuvli mahallalari fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbatlar davomida ushbu masalalar muhokama etildi.

Tuman hokimi, IIB masʼullari, mahalla faollari va nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda, qing‘ir ishlarning oqibatlari qanday tugashi, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish shuningdek, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM