PRESS-TUR BO‘LIB O‘TDI

Bugun tuman elektr tarmoqlari korxonasida aholini qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida 2023 yilda qilingan ishlarni o‘rganish bo‘yicha press-tur bo‘lib o‘tdi.

Press-turda bir qator jurnalistlar va blogerlar ishtirok etib, tumanimizda aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar bilan tanishdilar.

Shu bilan birga, hududlarda davom etayotgan ish jarayoni ham ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, tumanimiz hududida elektr taʼminotini yana-da yaxshilash bo‘yicha olib borilishi kutilayotgan rejalar to‘g‘risida ham alohida to‘xtalib o‘tildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM