QONUN USTUVOR BO‘LSA, TARTIB BARQAROR BO‘LADI

Yurtimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga yana-da keng imkoniyatlar yaratilyapti.

Ammo bu imkoniyatlardan oqilona va unumli foydalanmasdan o‘zboshimchalik bilan noqonuniy yo‘llardan foydalanayotgan qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar ham yo‘q emas.

Tuman hokimi o‘rinbosari, Kadastr agentligi Narpay tuman bo‘limi va tegishli tashkilot masʼullari tomonidan noqonuniy qurilish obyektlarini aniqlash va yer maydonlarini nazorat qilish tadbirlari olib borilmoqda.

Tadbir davomida, Ipak yo‘li va Umid mahallasida yashovchi fuqarolar tomonidan yer maydonlari o‘zboshimchalik bilan egallanib, u yerga tadbirkorlik qilish uchun noqonuniy obyekt qurilganligi aniqlandi.

Aniqlangan barcha qoidabuzarliklar yuzasidan, tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Hurmatli fuqarolar yerga noqonuniy egalik qilib, yengil konstruksiyali imorat tiklash bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravarigacha, og‘ir konstruksiyali imorat qurish esa, 150 baravarigacha bo‘lgan miqdordagi jarimaga tortilishga sabab bo‘ladi. Buni zinhor Unutmang!

Aziz hamyurtlar, eslatib o‘tamiz! Agarda siz tadbirkorlik qilish maqsadida bino qurmoqchi bo‘lsangiz, tuman qurilish bo‘limiga yoki kadastr agentligiga murojaat qilishingiz mumkin.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM