TUMANIMIZNING YANA BIR QATOR TADBIRKORLARI XITOY DAVLATIDA

Xabaringiz bor, davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimiz delegatsiyasi Xitoy davlatining Shenjen provinsiyasida rasmiy tashrif bilan bo‘lib turishibdi.

Mazkur delegatsiya tarkibida tuman hokimi o‘rinbosari va tumanimizda faoliyat yuritayotgan bir qator ishbilarmonlar ham bor.

Tumanimiz vakillari mazkur tashrifdan unumli foydalangan holda bir qancha hamkorlik, biznes kelishuv hamda memorandumlarga erishishdi.

Jumladan, tadbirkor A.Hidirov va Guangdong-HongKong Macau Greater Bay Area Construction Investment Group Co.,Ltd o‘rtasida qiymati 10 million dollarlik tumanimizda tabiiy zahira boyliklarini qazib olish va ularni qayta ishlash loyihasi tuzildi.

Shuningdek, "Narpay Laser" MCHJ hamda Sichuan Sinocat Future Energy Co.,Ltd hamkorligida qiymati 9 million dollarga teng quyosh panellarini ishlab loyihasi ham aynan tumanimiz hududida amalga oshirilishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, tumanimizda "Sherbek Alisher Hamkor" oilaviy korxonasi va Guangzhou Yuanqi Health Technology Co.,Ltd hamkorligida qiymati 7 million dollar bo‘lgan Elektrotexnika vositalarini ishlab chiqarish ham ko‘zda tutilgan.

Shu bilan birga yana bir qator tadbirkorlarimiz tomonidan yirik qiymatli memorandumlarga erishilib borayotir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM