PREZIDENT SOVG‘ALARI TOPSHIRILDI

Mahalla yoshlari o‘rtasida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida o‘tkaziladigan musobaqalar uchun mahalla yoshlar yetakchilariga sport anjomlaridan iborat "Prezident sovg‘alari"ni  topshirish marosimi o‘tkazildi.

Sovg‘alarni Respublika Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev topshirib, musobaqalarning bu yilgi mavsumida ham haqiqiy iqtidor egalari mahalladan kashf etilishini taʼkidladi.

Shundan so‘ng, 1126 ta mahallaga jami 4504 dona gimnastika gardishi- (obrich) lar, 2252 dona futbol to‘plari, 2252 dona voleybol to‘plari, 2252 dona basketbol to‘plari hamda har bir mahalla yetakchisiga 4 tadan gimnastika gardishi va 6 donadan turli sport turlari uchun to‘plar berildi.

Sport anjomlari karvoni Narpay tumanidagi mahallalarga ham olib kelinib, yoshlar yetakchilariga topshirilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM