QISHLOQ XO‘JALIGI HUDUDLARI VA MAHALLALARDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARI SAYYOR O‘RGANILMOQDA

Tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli masʼullar hamrohligida, maxsus avtobusda Murtazo Shopiyev, Haqiqat, Samarqand, Oq oltin, Ibn Sino, Oltin buloq hamda Islom Shoir nomli MMTP hududlarida, dala maydonlarida va mahallalar ichki ko‘chalarida bo‘lib, u yerdagi fermer xo‘jaliklari tomonidan kuz-qish mavsumida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar jarayoni bilan tanishdi.

Jumladan, ekin maydonlarini shudgorlash, o‘g‘itlantirish, ichki suv tarmoqlarini qazish, betonlashtirish va hududlarni obodonlashtirish ishlari bo‘yicha qilingan ishlar har bir fermer xo‘jaligining hududida muhokama qilindi.

Aniqlangan kamchiliklar hamda kechiktirmasdan qilinishi lozim bo‘lgan yerga ishlov berish va suv yo‘llarini taʼmirlash ishlari bo‘yicha tegishli masʼullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, bu kabi o‘rganishlar kelgusi hafta davomida tumanimiz bo‘ylab, MMTP hamda mahallalar hududlarida to‘liq olib boriladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM