SEKTOR RAHBARLARI MAHALLA BESHLIKLARI BILAN JOYLARDA UCHRASHDI

Tumanimiz bo‘ylab har bir sektor rahbari o‘z hududidagi mahalla beshliklari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bu galgi ucharshuvlarda, mahalla hududini obodonlashtirish, ichki suv tarmoqlarini tartibga keltirish va betonlashtirish va bu kabi ishlarni hasharlar orqali amalga oshirish, keng jamoatchilik nazoratiga olishni taʼminlash xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, fuqarolar bandligini taʼminlash, aholi murojaatlari bilan ishlash hamda ularga qonun doirasida ijobiy yechim topish kabi bir qator masalalar ilgari surildi.

Shu bilan birga, aholiga soliq tushumlari, maishiy chiqindi va boshqa turdagi kommunal to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lashi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish yuzasidan fikr bildirildi.

Shu qatorda, jinoyatchilikni oldini olish yoshlarni vatanparvarlik ruhida  jamiyatga nafi tegadigan inson qilib tarbiyalash masalalari o‘rtaga tashlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM