XALQIMIZ SOG‘LOM BO‘LSIN!

Shu kunlarda tuman sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari tomonidan tumanimizdagi umumtaʼlim maktablarida turli yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida, dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

Shu bilan birga, o‘quvchilarga ko‘pgina yuqumli kasalliklar sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida yuqtirib olinishi, ularga qatʼiy amal qilish salomatlik garovi ekanligi taʼkidlanyapti.

Bu kabi ishlardan ko‘zlangan maqsad, aholi o‘rtasida turli kasalliklar tarqalishini oldini olish hamda ulardan saqlanish choralarini fuqarolarga to‘liq yetkazishdir.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM