TOSHKO‘PRIKDA HASHAR

Tumanimizda mahallalarni obodonlashtirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, ichki yo‘llar taʼmirlanib birma-bir ravon holga keltirilyapti. Bu singari ezgu ishlarga, ko‘pgina mahallalarning faol fuqarolari o‘z hissalarini qo‘shib borayotir.

Toshko‘prik mahallasining ahil fuqarolari ham birlashib hashar tashkil qilishdi. Hashar doirasida, mahalla ichki yo‘lining 400 metrdan ortiq masofasi shag‘al bilan qoplandi.

Bu kabi hamjihatlikdagi hashar ishlari tumanimizning boshqa hududlarida ham davom etib boradi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM