TARMOQDAGI NOSOZLIKLAR TEZ FURSATDA BARTARAF ETILYAPTI

Aholini sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida, tuman elektri tarmoqlari korxonasi xodimlari tomonidan hududlarda keng miqyosdagi rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

Ayniqsa, shu kunlarda ob-havo haroratining keskin pasayishi natijasida elektr tarmoqlarida kichik nosozliklar yuzaga kelishi holatlari kuzatilyapti.

Shu sababli, bir qator mahallari hududidagi podstansiyalar va elektr tarmoqlarida joriy taʼmirlash hamda profilaktik ishlar bajarilmoqda.

Shuningdek, elektr tarmoqlarining muhofaza zonalari ko‘zdan kechirilib, barcha kamchilik va nosozliklar bartaraf etish borasida rejali ishlar amalga oshirildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM