TEKIN OSHNING TOSHI BOR!

Ko‘p qavatli uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolar o‘zlarini qulay sharoitda his qilishlari uchun ichimlik suvi tarmoqlari, gaz quvurlari hamda kanalizatsiya tarmoqlarida turli muammolar bo‘lmasligi lozim.

Albatta bu tarmoqlarning barchasi fuqarolarning kommunal va ko‘p qavatli uylarning majburiy badal to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lashi evaziga yaxshilanib, yangilanib boradi.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari va tegishli masʼullar hamrohligida, Xalqobod, Farovon, Islomobod, Zirabuloq, Nog‘oraxona hamda Amir Temur nomli mahallarda joylashgan ko‘p qavatli uylarda istiqomat qiladigan, ayni paytda kommunal to‘lovlar masalasida qarzdorligi mavjud bo‘lgan va to‘lamayotgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida, aholi bu to‘lovlar ortidan xizmat ko‘rsatish sifati yana-da ortishi va fuqarolar uchun qulayliklar ko‘payishi xususida so‘z yuritildi.

Agarki mazkur to‘lovlar to‘lanmas ekan, aholi turmush tarzi va yashash sharoitida noqulayliklar tug‘ilib boraverishi taʼkidlandi.

Albatta har bir fuqaro, bunga vijdonan qaragan holda, mazkur to‘lovlarni kechiktirmasdan to‘laydi degan umiddamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM