ASLI NARPAYLIK GROSSMEYSTER DUNYONING ENG YAXSHI 15 TA SHAXMATCHILARI QATORIDA

Asli Narpaylik bo‘lgan grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasining (FIDE) yanvar oyidagi reytingida dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.

19 yoshli shaxmatchi bir oy ichida turnir jadvalida 22-o‘rindan 15-o‘ringa ko‘tarildi. Qayd etish joiz, Abdusattorov O‘zbekiston tarixida bunday natijaga erishgan ikkinchi shaxmatchi bo‘ldi. 

2015 yilning may oyida shaxmat bo‘yicha 17-jahon chempioni Rustam Qosimjonovning maksimal reytingi 2715 ballni tashkil etgandi, u o‘shanda 11-o‘ringa ko‘tarilgan.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM