FUQAROLAR BANDLIGINI TAʼMINLASH ISHONCHLI QO‘LLARDA(MI?)

Yurtimizda tadbirkorlik va turli korxona, tashkilotlar ko‘magida yangi ish o‘rinlarini yaratish, fuqarolarni o‘zini-o‘zi band qilish orqali ishsizlik hajmini qisqartirish borasida bir qator rejali ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, joriy yilda davlatimiz rahbarining yurtimizda yangi ish o‘rinlarini tashkil etish va aholi bandligiga ko‘maklashish to‘g‘risidagi, PQ-7-son qarori ham qabul qilindi.

Tuman hokimi tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari hamda masʼullari bilan joriy yilda sohada qilinishi lozim bo‘lgan maqsadli ko‘rsatkichlar xususida muhokama o‘tkazdi.

Muhokama davomida, har bir xodimning tumandagi ishsiz fuqarolarni bandligini taʼminlash borasida qilishi zarur bo‘lgan vazifalari hamda maqsadlari bilan qiziqildi.

Shuningdek, soha vakillariga ularning zimmasida ulkan vazifalar borligi va ularga yuksak ishonch bildirilganligi, ammo bir qator masʼullar bemaqsad faoliyat yuritayotgani hamda o‘z kasbiga masʼuliyat bilan yondashmagani tanqid ostiga olindi.

Bu borada barcha xodimlarga aniq ko‘rsatkichlarga tayangan holda, tegishli chora-tadbirlar olib borish, tegishli tashkilotlar bilan faol hamkorlikni yo‘lga qo‘yish barobarida ish olib borish bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM