"QUVNOQ XITOY YANGI YIL" KONSERT DASTURI NAMOYISHI

Viloyat musiqali drama teatrida Xitoy Markaziy opera teatri sanʼatkorlari ishtirokida “Quvnoq Xitoy Yangi yili” nomli konsert dasturi namoyish etildi.

Konsert avvalida viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov so‘zga chiqib, O‘zbekiston va Xitoy ko‘p asrlik tarixga egaligi, keyingi paytda ikki davlat o‘rtasida hamkorlik aloqalari mustahkamlanib borilayotgani hamda yaqinda ushbu mamlakatga tashrif davomida turli sohalarda yangi hamkorlik shartnomalari imzolanganini taʼkidladi.

Xitoy Xalq Respublikasi Madaniyat va turizm vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xitoyning O‘zbekistondagi elchixonasi va viloyat hokimligi hamkorligida tashkil etilgan konsertda xitoylik taniqli sanʼat ustalari tomonidan Xitoy va G‘arb kompozitorlarining asarlari, Xitoy xalq milliy qo‘shiqlari ijro etildi.

Narpaylik yosh opera xonandasi Aziz Mamatov ijrosidagi ariyalar ham tomoshabinlarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM