MAXSUS AVTOBUSNING KEYINGI MANZILI TURON MAHALLASI

Narpay tumani birinchi sektor rahbari sektor shtabi aʼzolari va masʼullar hamrohligida tasdiqlangan rejaga asosan mahallalar bo‘ylab birma-bir to‘liq o‘rganish olib bormoqda.

Mazkur jadvalga binoan bugun Turon mahallasi barcha sohalar bo‘yicha o‘rganildi. Dastlab, mahalla xodimlarining joriy yildagi aniq maqsadlari bo‘yicha hisobotlari tinglanib, bu boradagi aniq maqsadlar kelishib olindi.

Shundan so‘ng, fermerlar, dehqon xo‘jaligi yer egalari bilan uchrashib, joriy yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsadlar xususan, bir kontur -bir mahsulot tamoyilida ish olib borish, ichki suv yo‘llarini betonlashtirish, yerlardan unumli foydalanish kabi masalalar ilgari surildi.

Shuningdek, sektor aʼzolari kun davomida ushbu mahalladagi 50 dan ortiq xonadonlarda bo‘lib, 20 ga yaqin muammolar aniqlandi va bu bo‘yicha tegishli chora hamda ko‘rsatmalar belgilandi.

Shu bilan birga, mahalladagi qabristonlar hamda hududlarni to‘liq obodonlashtirish, "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida olib boriladigan ishlarga tayyorgarlik masalalari ko‘rildi.

Sektor shtabi aʼzolarining keyingi manzili mahalladagi taʼlim dargohlari hamda tibbiyot muassasalari bo‘ldi. Bunda, ularning faoliyati, holati va issiqlik tizimi to‘liq o‘rganildi.

O‘rganishlar so‘ngida tuman hokimi mahalla yettiligi va tegishli masʼullarga mahallada keng qamrovdagi obodonlashtirish, xonadonlarning tashqi qismini taʼmirlash, ariqlarni betonlashtirish, daraxt ko‘chatlari o‘tqazish ishlarini boshlash bo‘yicha aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Shu qatorda, aholi yashaydigan hududni ozoda saqlash, so‘lim, ko‘rkam va obod maskanga aylantirish ishlarida barcha birdek faol bo‘lishi lozimligini taʼkidladi.

Bu kabi o‘rganishlar maxsus tasdiqlangan reja asosida boshqa mahallalarda ham davom etadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM