NARPAY VA XATIRCHI ORASIDAGI KO‘PRIK YANGIDAN QURILADI

Narpay va qo‘shni Navoiy viloyatning Xatirchi tumanini o‘zaro bog‘lab turuvchi, 4R56 yo‘lida joylashgan Zarafshon daryosidan o‘tkazuvchi ko‘prik ko‘p yillardan buyon taʼmirtalab holga kelib qolganligi sababli, investitsiya dasturi asosida to‘liq rekonstruksiya qilinishi yuzasidan xabar bergan edik.

Davlatimiz rahbarining "2024 yilda olib boriladigan qurilish taʼmirlash ishlarini bajarish to‘g‘risida" gi tegishli qaroriga asosan Narpay tumanida Zarafshon daryosidan o‘tuvchi ko‘prikni rekonstruksiya qilish belgilandi.

Bugun Narpaylik sektor rahbarlari taklifiga binoan, Xatirchi tuman hokimi va sektor rahbarlari, har ikkala tumanning nuroniylari hamda faollari ushbu ko‘prikda qurilish ishlari boshlanishi oldidan to‘plandilar.

Bugundan boshlab, “O‘zyo‘lko‘prik” klasterining Navoiy filiali DM tomonidan ushbu ko‘prik qurilishiga rasman kirishildi.

Yangi ko‘prikning eni 24 metrgacha, uzunligi 108 metrgacha kengaytirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, loyiha qiymati 21 milliard 600 million so‘mni tashkil qiladi.

Qurilish ishlariga kirishish oldidan qurʼon tilovat qilinib, qurbonlik keltirildi.

Shu kabi, har ikkala tuman faxriylari tomonidan, ushbu boshlangan ishlar bo‘yicha iliq fikrlar bildirilib, mazkur ko‘prikka "Do‘stlik ko‘prigi" nomi berilishi yuzasidan taklif berildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM