NURONIYLAR MASLAHATI OLTINGA TENG!

Maʼlumki, tuman markazida joylashgan Farovon, Narpay va Nog‘oraxona mahallalaridan kesib o‘tgan Narpay kanali atrofida piyodalar yo‘lakchasi, veloyo‘lak, tungi yoritgichlar o‘rnatilgan moʻjaz xiyobon barpo etish bo‘yicha loyiha ishlab chiqilib, bu bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborilgan.

Maslahatli ish - tarqamas deganlaridek, tuman hokimi, sektor rahbarlari, tegishli masʼullar hamda uzoq yillar davomida, qurilish va arxitektura sohasida tumanimiz ravnaqi uchun hissa qo‘shgan, el-yurt dardi ila yonib yashagan, mehnat qilgan va ayni paytda xalq ardog‘i hamda hurmatiga sazovor bo‘lgan nuroniylar, hunarmandlar bilan hamrohligida loyiha amalga oshirilayotgan hududda uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida, tumanimizning faxriy nuroniylaridan xiyobon qurilishiga doir takliflar bildirishlari hamda o‘z maslahatlarini ayamasliklari so‘raldi.

Zero, ko‘pni ko‘rgan, boy hayotiy tajribaga ega otaxonlar bu kabi ezgu ishlarga bosh bo‘lib, duo qilishlari nur ustiga aʼlo nur albatta.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM