SANOAT HAJMINI OSHIRISHDAGI YANGI IMKONIYATLAR O‘RGANILDI

Tuman hokimi Sh.Rahmonov tegishli masʼullar hamkorligida hududiy investitsiya loyihalaridagi muammolar hamda tadbirkorlarning takliflari bilan tanishdi. 

Dastlab, "Diyor aʼlo" xususiy korxonasi tomonidan qiymati 3,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga ishga tushirilayotgan yaxna ichimliklar ishlab chiqarish korxonasida bo‘ldi.

Maʼlumot uchun, mazkur korxona rahbari maʼlum vaqt muqaddam tadbirkorlar qabuliga kelib, tuman hokimiga loyihasini ishga tushirish uchun kredit so‘rab murojaat qilgan va bu masala ijobiy yechim topgan edi. Mazkur loyiha amalga oshishi natijasida,20 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishiga erishilmoqda.

Shundan so‘ng, joriy yildagi mavsum uchun tayyorlanayotgan chigitni saralash va dorilash sexi faoliyatiga nazar solindi.

Taʼkidlash joizki, bu kabi urug‘chilik sexlari respublikamiz bo‘ylab sanoqli hisoblanadi. Bugun ushbu korxona Navoiy, Buxoro hamda qo‘shni tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan paxta-to‘qimachilik klasterlariga sara urug‘lik chigit tayyorlab beryapti.

O‘rganishlar davomida, tadbirkorlar faoliyatiga doir muammolari va tadbirkorlik tarmoqlari hamda hajmini kengaytirish xususidagi takliflari bo‘yicha qiziqildi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM