TILINI HURMAT QILGAN ELINI HAM HURMAT QILADI

Bugun tumanimizda tashqi reklamalar, jumladan, peshlavha, reklama, eʼlon va boshqa axborot matnlarining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 20-moddasiga mosligi tuman hokimi maslahatchisi Sarvar Jabborov rahbarligida tegishli idora mutasaddilari bilan o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida tadbirkorlar tomonidan bir qator qonun buzilish holatlari aniqlandi. Ularga tegishli tartibda tushuntirish ishlari olib borilib, aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf etilmoqda.

Hurmatli tadbirkorlar, tashqi reklama vositalarini joylashtirishda va imlo xatolarsiz chop etishda "Davlat tili haqida"gi Qonun talablariga rioya qiling.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM