TUMANDOSHIMIZ PREZIDENT STIPENDIYASI SOHIBASI

“Qiz bola o’qib shaxar olib berarmidi…” degan kinoyali iqtibosga tumanimizning Qozikent mahallasida istiqomat qiluvchi Ra'no Ziyatova amaliy natija bilan javob qaytardi. U ayni paytda Samarqand davlat chet tillar instituti talabasi hisoblanadi.

Yaqinda u, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 516-sonli buyrug'iga muvofiq, 2023/2024-o'quv yilida bakalavriat uchun ta'sis etilgan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohibi bo'ldi.

Tumandoshimizga kelgusida bundanda yuqori marralarni zabt etishini tilab qolamiz.

Bu kabi farzandining yutuqlaridan faxrlanish, ta’limga bee’tibor bo’lmagan barcha ota-onalarga nasib qilsin!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM