#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Narpayda Oila ko‘chada qoldi hokim esa kamchilik qidirish bilan band" sarlavhasi ostida videoxabar tarqalgan.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida, “Miankal-Tos” irrigatsiya tizimi boshqarmasi va tuman kadastrlar palatasidan quyidagi mazmunda javob xatlari olindi:

Aslida ushbu videolavhada aks etgan hovli o‘rnida irrigatsiya tizimining muhofaza hududi chegarasigacha joylashgan vaqtinchalik suvchilar turargoh binosi mavjud bo‘lgan.

Ushbu uyda videodagi fuqarolarning otasi maʼlum bir muddat oldin suv nazoratchisi bo‘lib ishlagan va vaqtincha ish vaqtida shu binoda istiqomat qilgan.

Murojaatchilar suvchilar uyini o‘tgan davrda noqonuniy tarzda egallab, o‘zboshimchalik bilan Narpay kanali muhofaza zonasidan qo‘shimcha binolar qurib olgan.

  Ushbu bino O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 11-dekabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv obyektlarining suvni muhofaza qilish va sanitariya-muhofaza zonalarini belgilash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomini tasdiqlash haqida" gi 981-sonli qaroriga zid ravishda Narpay kanalining muhofaza hududida qurilganligi sababli binoni egallab olganlar “Miankal-Tos” irrigatsiya tizimi boshqarmasi masʼullari tomonidan og‘zaki ogohlantirilgan.

Kanal muhofaza zonasidagi bir qator obyektlar qatori ushbu videolavhada aks etgan noqonuniy turargohning binolari ham, murojaatchilar maʼlum muddatdan buyon Zomin tumanida yashab kelganligi tufayli, ularning qarindoshlari binoni egallab olganlar bilan kelishgan holda o‘z xohishi va o‘z qo‘l kuchi bilan binoni buzib olgan.

Shundan so‘ng murojaatchilar noqonuniy qurib, o‘zlari buzib olgan binolarni ro‘kach qilib mablag‘ va yordam undirish payida tuman hokimi va yuqori turuvchi idoralarga qilgan murojaatlari tuman hokimi, sektor rahbarlari va bir qator masʼullar tomonidan joyiga kelib o‘rganilganda, ular tuman rahbarlarining qonuniy yordamlarini rad etishgan (tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan ushbu holatlar videolavhalarga qayd etilgan).

Shunday bo‘lsada, hozirda, ushbu fuqarolarga qonuniy tartibda yordam ko‘rsatish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM