KELAJAK YОSHLAR QO‘LIDA

Yurtimiz bo‘ylab sportning Qo‘l jangi turi bo‘yicha o‘smirlar va o‘smir qizlar o‘rtasida jahon chempionatiga saralash musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.

Joriy yilning 8-11-fevral kunlari Toshkent shahrida musobaqaning respublika bosqichi o‘tkazildi. Unda tumanimizdagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining bir qator o‘quvchilari faxrli o‘rinlarni egallashdi.

Jumladan, R.Ernazarova hamda U. Shukurovalar 64 kg vazn toifasida 2-o‘rinni, B.Hotamov 80 kg va Sh.Oripovalar esa, 64 kg vazn toifasida 3-o‘rinni qo‘lga kiritib musobaqaning Jahon chempionati uchun bo‘ladigan so‘ngi saralash bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Tumanimizning yosh sportchilariga omad tilagan holda, har bir o‘zbek farzandiga jahon arenalarida yurtimiz bayrog‘ini dast ko‘tarish nasib qilsin deb qolamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM