ARZIMAGAN EʼTIBORSIZLIK SABAB TABIAT ZARARLANISHI MUMKIN

Bugungi kunda plastik idishlar va polietilen paketlardan odamlarlar kundalik hayotda keng foydalanadi. Ko‘rinishidan zararsiz va juda qulay bo‘lgan mahsulotlar polimerlardan tayyorlangani sabab tabiiy muhitda parchalanmaydi va yoqilganda atmosferaga zaharli moddalar chiqaradi. Plastik paketning parchalanishi uchun kamida 400 yil kerak bo‘ladi!

Bir yilda dunyoda kamida 4 trillion paket to‘planadi va shu sababli son-sanoqsiz tirik mavjudotlar nobud bo‘lib, tabiatga, ekologiyaga katta zarar yetmoqda.

Ayni paytda, "Anvarjon biznes invest" MCHJ xodimlari tumanimiz ozoda saqlanishi uchun 35670 ta xonadon, 745 ta korxona, tashkilot va tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Aholining polietilen paketlardan haddan ortiq ko‘p foydalanayotgani mazkur tashkilot masʼullarining ish faoliyatiga ham ozmuncha qiyinchilik va noqulayliklar tug‘dirmayapti.

Tuman hokimi tuman IIB rahbari, tegishli masʼullar hamkorligida mazkur tashkilot faoliyati bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

O‘rganishlar davomida, chiqindi saqlash poligonidagi tartibsizlik tanqid ostiga olindi.

Polietilen paketlardan chiqadigan chiqindilar shamol sababli tabiat qo‘ynida bemalol uchib yuribdi. Yo‘llarda, suv havzalarida, daraxt shoxlarida ham ularni ko‘rishingiz mumkin. Tabiat, chor-atrof polietilen mahsulotlarga g‘arq bo‘lmoqda.

Bu borada, masʼullarga atrofni obodonlashtirish, tartibga keltirish kabi yana bir qator topshiriqlar berildi va shu yerning o‘zida mazkur holatni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Hurmatli fuqarolar! Siz ham bu kabi holatlarga befarq bo‘lmagan holda, ekologiyani toza saqlashga hamda polietilen idishlar va paketlardan imkon qadar kamroq foydalanishga harakat qilasiz, albatta yaqinlaringizni ham bunga targ‘ib qilasiz degan umiddamiz.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM