RAHBARLAR FUQAROLAR UCHUN XIZMAT QILADI

Xabaringiz bor, Narpay tuman sektor rahbarlari sektor shtabi aʼzolari bilan birgalikda mahallalar bo‘ylab keng qamrovdagi o‘rganishlar olib bormoqda.

Bunda mahalla yettiligi va tegishli tashkilotlardan sektorlarga biriktirilgan masʼullar tomonidan mahalla infratuzilmasini yaxshilash, obodonlashtirish, qabristonlarni tartibga keltirish, aholi bandligini taʼminlash, fuqarolarga yana-da ko‘proq qulayliklar yaratish, hududlarni gulzorlashtirish va daraxt ko‘chatlarini o‘tqazish kabi yana bir qator vazifalarga doir amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirilyapti.

Xususan, 2-sektor rahbari Chorbog‘ va Ravot olchin mahallalarida, 3-sektor rahbari esa, Oq oltin mahallasida, 4-sektor boshlig‘i bo‘lsa, Chaykal mahallasida yuqoridagi masalalar bo‘yicha o‘rganish olib bordi.

Shu qatorda, 20 sotixli dehqon xo‘jaligi yer egalari bilan bir kontur,bir mahsulot tamoyili asosida ish olib borishga kelishib olinmoqda.

Shu bilan birga, o‘rganishlar davomida taʼlim dargohlari hamda tibbiyot maskanlarining faoliyati, holati, issiqlik tizimi ham eʼtibordan chetda qolgani yo‘q.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM