#Profilaktik_suhbat

ZAHRI QOTIL - ASR VABOSI

Bugun butun jamiyatni tanazzulga olib borishi mumkin bo‘lgan illatlardan biri bu – giyohvandlik. Hozirda, dunyo miqyosida asr vabosi deb atalmish bu ajal quroliga qarshi kurashish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.

Tuman IIB xodimlarining o‘tkazgan tezkor tadbir davomida, Navro‘z mahallasida yashovchi fuqaroning xonadonidan va yonidan sof og‘irligi 410.81 grammga teng quruq holdagi “marixuana” giyohvand moddasi topilgan.

Navro‘z mahallasi fuqarolari o‘rtasida o‘tkazilgan profilaktik suhbat davomida ushbu masala muhokama etildi.

Tuman hokimi tegishli masʼullar, mahalla faollari va nuroniylar ishtirokida bo‘lib o‘tgan suhbatda, giyohvandlikning oqibatlari, mazkur illatning jamiyatga bo‘lgan salbiy taʼsiri, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish shuningdek, bu borada tuman miqyosida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Muhokama so‘ngida, Navro‘z, Mustaqillik hamda O‘zbekiston mahallalari fuqarolari bilan suhbat o‘tkazildi.

Suhbat jarayonida tumanimizda keng miqyosdagi ommaviy hasharlar tashkil qilinayotgani bunda, mahalla hududini obodonlashtirish, hududlarni gulzorlashtirib, obod, so‘lim va go‘zal maskanga aylantirishga eʼtibor qaratilayotgani hamda bu kabi ishlarda barcha birdam bo‘lib harakat qilishi lozimligi taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM