SHOH VA SHOIRNING 15-AVLODI TUMANIMIZDA

Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek tarixida tom maʼnoda yirik shaxs. Uning asarlarida o‘z davrining tarixiy hodisalari, shoirning shaxsiy hayoti, atrof-muhit, insonga bo‘lgan munosabat, din, davr anʼanalari va axloqlari voqelik ila aks etgan.

Tumanimizdagi 64-umumtaʼlim maktabida Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Eʼtiborlisi shundaki, mazkur tadbirga shoh va shoirning 15-avlodi sanalgan Zayniddin Mavlonov tashrif buyurdi.

Dastlab, Zayniddin aka uchrashuv qatnashchilariga Zahiriddin Muhammad Boburning asarlarida ulug‘langan milliy va umumbashariy g‘oyalar, undan keyingi avlodlar tarixi va hayot yo‘li haqida so‘zlab berdi.

Shundan so‘ng, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan allomaning buyuk merosi va ijodiy faoliyati haqida maʼlumotlar berildi.

Uchrashuv davomida, ulug‘ ijodkorning mumtoz g‘azallaridan namunalar aytildi, shoh asarlari asosida sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi, ijod xazinasining bebaho durdonasi bo‘lgan mumtoz qo‘shiqlar, raqslar o‘quvchilar talqinida ijro etildi.
 

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM