RAISLIKKA SAYLANGAN NARPAYLIK YoSHLAR YETAKCHISI

Qozikent mahallasida yoshlar yetakchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Navro‘zjon Toshmurodov ushbu mahalla raisi lavozimiga saylandi.

Gap shundaki, tumanimizda yurtboshimizning yosh avlod vakillariga berayotgan imkoniyatlari va ularni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borayotgan oqilona siyosatlariga mos ravishda qator ishlar olib borilmoqda.

Shu qatorda, o‘z kasbiga masʼuliyat bilan vijdonan yondashib kelayotgan, xalq bilan birdam bo‘lib ishlaydigan, ish faoliyati davomida yuqori natijalarga erishgan yosh kadrlarga berilgan imkoniyat va rag‘bat sifatida rahbarlik lavozimlari ishonib topshirilgan.

Albatta ularning barchasi ishonchni oqlagan holda kasbiy vazifasini mahorat ila ado qilib kelyapti.

Bugun 30 yoshli Navro‘zjon Toshmurodov ham xuddi shunday yuksak ishonch bildirilgan yosh tumandoshlarimiz qatoriga kirdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Biz unga omad tilash barobarida, o‘ziga bildirilgan ishonchni ortig‘i bilan oqlab xalqimiz uchun ko‘p yillar xizmat qilsin deb qolamiz.
 

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM