Hurmatli Narpayliklar !

Yurtimiz bo'ylab yog'ingarchilik ko'payib, ob-havoning keskin pasaygani sababli, yo'llarda muz qoplamasi hosil bo'lib, avtotransportlar harakati uchun ko'plab noqulayliklar tug'diradi.

Tabiiyki buning natijasida avtomashinalar muvozanatni yo'qotib avtotransport hodisalari sodir bo'lishi xavfi ortadi.

Hurmatli fuqarolar! Shu tufayli turli noxush hodisalar va avtohalokatlarni oldini olish maqsadida zarurat tug'ilmagan hollarda yo'llarda harakatlanmasligingizni so'rab qolamiz.

Barcha haydovchilardan — yo‘llarda qoidalarga rioya qilishlari va ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz!

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM