XALQ QABULXONASIDA TAʼMIRLASH

Xalq qabulxonasi - aholi murojaatlari bilan ishlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda rahbarlar va fuqarolar o‘rtasidagi aloqalarni yana-da yaxshilash uchun xizmat qiladigan maskan hisoblanadi.

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Narpay tumanidagi Xalq qabulxonasi binosida keng miqyosdagi taʼmirlash ishlari olib borilmoqda.

Bu maskanga murojaat etuvchi turli yosh va holatdagi fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida, tumanning ichki imkoniyatlari hamda boshqa mablag‘lar orqali amalga oshirilayotgan binolar tashqi va ichki qismida olib borilayotgan keng qamrovli kapital qayta taʼmirlash ishlari davom etmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM