SOLIQ SOHASIDA MAQSADLAR BELGILANDI

Soliq davlat yoki mahalliy boshqaruv faoliyatini taʼminlash uchun davlat organlari tomonidan tashkilot va jismoniy shaxslardan yig‘ib olinadigan to‘lov turi.

Mamlakat rivojlanishi va aholi turmush tarzi yana-da yaxshilanishida ham soliq tushumlarining ahamiyati katta.

Shu bois, soliq to‘lovchi ham, uni undiruvchi ham ushbu amaliyot bajarilishiga befarq bo‘lmasligi darkor.

Tuman hokimi prokuror hamda Narpay tuman soliq inspeksiyasi rahbari va xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida, mazkur tashkilot xodimlarining o‘tgan yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda joriy yilda bajarishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar xususida so‘z yuritildi.

Yig‘ilishda 20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis dasturi ijrosi, KPI ko‘rsatkichlari, yuridik korxonalarning faoliyati va soliq tushumlari tahlili muhokama qilindi.

Muhokamada ish faoliyati davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼullar tanqid ostiga olindi.

Shu kabi, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berilib, muddatlar belgilandi.

Shu o‘rinda, tadbirkorlar va fuqarolardan soliq to'lovlarini kechiktirmasdan o'z vaqtida to'lashlarini so'rab qolamiz.
Zero, bu yurtimiz ravnaqi va aholi farovonligi uchun xizmat qiladi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM