MAKTABGACHA TAʼLIM — UZLUKSIZ TAʼLIM TIZIMINING POYDEVORI

Maktabgacha taʼlim sohasi uzluksiz taʼlim tizimining birlamchi bo‘g‘ini hisoblanib, u har tomonlama sog‘lom va barkamol bola shaxsini tarbiyalash va ularni maktabga tayyorlash, ularda Vatanni sevish, u bilan g‘ururlanish hissini uyg‘otish, dunyoqarashini kengaytirishda g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy bog‘chalarda taʼlim-tarbiya olayotgan o‘g‘il-qizlar jamiyatga munosib inson bo‘lib ulg‘ayishadi.

Tuman hokimi ushbu sohada uzoq yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotgan o‘z kasbining faxrli fidoyilaridan iborat “Vijdon” guruhi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda, maktabgacha taʼlim tashkilotlarida bolajonlar qamrovini oshirish, taʼlim sifatini yana-da takomillashtirish, tarbiyalanuvchilarni vitaminlarga boy oziq-ovqatlar bilan taʼminlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar hususida so‘z yuritildi.

Guruh aʼzolari endilikda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida o‘rganish ishlarini olib borib, metodik yordamlar ko‘rsatishadi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM