59-MAKTAB TO‘LIQ YANGIDAN TAʼMIRLANSA, 2-, 12-, 47-MAKTABLARGA QO‘SHIMCHA BINO QURILADI

Mamlakat taraqqiyoti hamda xalqning yuksalishida yoshlarning bilimli bo‘lib yetishishi ulkan rol o‘ynaydi albatta.

Ayni paytda, kelajak avlod taʼlim-tarbiyasiga berilayotgan eʼtibor va yaratilayotgan imkoniyatlar ham bejiz emas.

Tumanimizda ham so‘ngi 3 yil ichida 22 ta taʼlim dargohlarida keng miqyosdagi bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, 12 ta maktab hamda 10 ta bog‘chalarda qayta qurilish va qo‘shimcha binolar barpo etish ishlari olib borilgan.

Tuman hokimi tuman prokurori va masʼullar hamrohligida yangi zamonaviy qo‘shimcha binolar qurilishi rejalashtirilayotgan 4 ta umumtaʼlim maktablarida bo‘ldi.

Dastlab, 2-umumtaʼlim maktabida 3 milliard 510 million so‘m mablag‘ evaziga 270 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilishi ko‘zda tutilgan loyiha bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, 12-umumtaʼlim maktabida 3 milliard 510 million so‘mga bunyod etilishi reja qilinayotgan 270 o‘rinli qo‘shimcha binoning qurilishi uchun mo‘ljallangan yer maydonini ko‘zdan kechirdi.

Shu singari, 47-umumtaʼlim maktabida 1 milliard 560 million so‘m evaziga qurilajak 120 o‘rinli qo‘shimcha bino loyihasi hamda 59-umumtaʼlim maktabida 8 milliard 190 million so‘m evaziga amalga oshirilishi kutilayotgan mukammal taʼmirlash ishlari loyihasi bilan ham tanishildi.

Shu qatorda, tegishli masʼullarga qurilish ishlarini boshlashdan avval binolar joylashuvi va bunyodkorlik ishlarida har tomonlama puxta o‘ylab ish ko‘rish lozimligi va kelajak avlod uchun uzoq yillar xizmat qiladigan taʼlim dargohlari bunyod etilishida barcha birdek harakat qilishi kerakligi taʼkidlandi.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM