HARBIY VATANPARVARLIK FESTIVALI

Tumanimizdagi 66-umumtaʼlim maktabi binosida, "Harbiy vatanparvarlik" festivali bo‘lib o‘tdi. Unda, Kattaqo‘rg‘on garnizonidagi harbiy qism, tuman mudofaa ishlari bo‘limi va o'quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida, yurtimiz posbonlari tomonidan qilingan harbiy orkestr, qo'l jangi hamda faxriy qorovul chiqishlari barchaning olqishlariga sabab bo‘ldi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutadi albatta.

"Harbiy vatanparvarlik" festivallari butun mamlakatimiz boʻylab o'tkazilmoqda.

2015-2024 © Нарпай туман ҳокимлиги. Сайт яратувчиси: SAKTRM